26 iyun - Xalqaro giyohvand moddalarni suiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan, shuningdek Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasi ijrosi doirasida, Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan, respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Bugun 2 tonna 158 kg 447,2 gr. giyohvandlik vositalari, shu jumladan, 37 kg 567,58 gr. geroin, 184 kg 697,11 gr. opiy, 413 kg 834,34 gr. gashish, 28,58 gr. ko‘knor boshog‘i, 95 kg 924,44 gr. ko‘knor somoni, 11 kg 262,76 gr. ko‘knor o‘simligi ko‘saklari, 424 kg 708.92 gr. marixuana o‘simligi (yog‘i bilan), 961 kg 386,86 gr. kannabis o‘simligi, 18,73 gr. kannabis moyi, 347,85 gr. tetragidrokannabinol, 6,48 gr. kokain, 0,14 gr. kodein, 50,34 gr. tramadol, 0,69 gr. dezomorfin;
Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalari bo‘lgan 3 kg 177,97 gr. a-PVP, 23 kg 186,64 gr. 4-metilmetkatinon (mefedron), 15,50 gr. spays, 79,46 gr. MDMA, 38,99 gr. amfetamin, 2 kg 110,21 gr. metamfetamin, 1,2 gr. metadon va 2,27 gr. kaliy permanganat prekursori hamda 0,06 gr. zopiklon kuchli ta’sir qiluvchi preparat;
Bundan tashqari, 28990 tup ko‘knor o‘simligi, 13251 tup kannabis o‘simligi, 137 dona kannabis o‘simligi bo‘laklari shoxlari, 36640 dona tabletka, 318 dona kapsula, 39 dona ampula ko‘rinishidagi giyohvandlik, psixotrop moddalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 416 ml. tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan turli aralashmalar yoqib yo‘q qilindi.