Samarqand shahrini yangi qurilayotgan Shirin shaharchasi bilan bogʻlaydigan Qoradaryo ustidagi koʻprik qurilishi davom etmoqda.

Samarqand shahrini yangi qurilayotgan Shirin shaharchasi bilan bogʻlaydigan Qoradaryo ustidagi koʻprik qurilishi davom etmoqda.

26.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

Samarqand shahrini yangi qurilayotgan Shirin shaharchasi bilan bogʻlaydigan Qoradaryo ustidagi koʻprik qurilishi davom etmoqda. "Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, jami uzunligi 330 metrni tashkil etuvchi mazkur obyektda ayni vaqtda oʻnlab maxsus texnikalarda ish olib borilmoqda.

af610abf42c119abc07b9d089c63a4590625

Foto: xs.uz

Daryoning oʻng qirgʻogʻida tuproq tashish, burgʻilash va beton quyish ishlari olib borilmoqda. 120 nafar quruvchi-muhandis va ishchilar mehnat qilayotgan koʻprik qurilishi 2022-yilda boshlangan boʻlib, hozirgacha 25 foiz ishlar bajarilgan.

Mazkur ulkan inshoot daryodan 13,5 metr, M-39 avtomobil yoʻlining ustidan 12 metr balandlikdan oʻtib, Samarqand xalqaro aeroportiga olib boruvchi yoʻlga qoʻshiladi.

— Loyiha qiymati 260 milliard soʻmni tashkil etuvchi ushbu koʻprikda 4 ta asosiy yoʻllar quriladi, — deydi “Samarqand mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” Davlat muassasasi direktori oʻrinbosari Akbar Mirzayev. — 2026-yil yakunigacha foydalanishi koʻzda tutilgan koʻprikning qurilish ishlariga hozirgacha qariyb 35 milliard soʻm sarflandi.