Oʻzbekiston Respublikasining 2025—2027-yillarga moʻljallangan Fiskal strategiyasi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasining 2025—2027-yillarga moʻljallangan Fiskal strategiyasi ishlab chiqildi

26.06.2024 00:00 O'zbekiston 5

Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2025—2027-yillarga moʻljallangan Fiskal strategiyasi ishlab chiqildi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

bf72fff1-b5db-5efa-42d0-54832d6deee6_news_

Foto: Gov.uz

Ushbu hujjat keyingi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning prognozlari, fiskal siyosatning asosiy yoʻnalishlari, fiskal tavakkalchiliklar bahosi, Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlarining prognozlari va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Budjetnomada “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, uzoq muddatli barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash maqsadida tashqi va ichki taʼsirlarga moslashuvchan fiskal siyosat olib borishni maqsad qilingan boʻlib, oʻrta va uzoq muddatdagi asosiy maqsadlar sifatida quyidagilar belgilandi:

– barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kiritish;

– konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini YAIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik;

– davlat qarzining YAIMga nisbatini 50 foizdan oshmasligini taʼminlash;

– “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish;

– bosqichma-bosqich “Natijaga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish” amaliyotiga oʻtish;

– soliq, bojxona qonunchiligini va iqtisodiyotning turli sohalariga ajratilayotgan subsidiyalar va berilayotgan imtiyozlarni JST talablariga uygʻunlashtirish;

– Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yoʻnaltirilganligini saqlab qolish.

Bundan tashqari mazkur Fiskal strategiya 2025—2027-yillar uchun ishlab chiqiladigan Davlat budjeti loyihalasi va Budjetnomaga asos boʻlib xizmat qiladi.

Faylni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://shorturl.at/cJ3Fe