Otabek Umarov va Pavel Durov Toshkentda uchrashdi

Otabek Umarov va Pavel Durov Toshkentda uchrashdi

28.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov va Telegram asoschisi Pavel Durov Toshkentda uchrashdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti Umarov oʻzining Telegram sahifasiga tayanib ma'lum qildi.

fc39724ba581ef1841c020d3cdc4890d0628 (1)

Joriy haftada Telegram jamoasi loyiha asoschisi Pavel Durov va uning akasi Nikolay boshchiligida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

“Mamlakatimizda ushbu xizmatga alohida iliq munosabat bildiriladi, chunki Telegram biz uchun shunchaki birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir. Biz uning yordamida yaqinlarimiz bilan doim aloqada boʻlish bilan birga, yangiliklardan xabardor boʻlamiz, ishlarni yuritamiz, kerakli tovar va xizmatlarni topamiz. Telegram har qanday masalada mobil internetning deyarli har bir foydalanuvchisiga yordam beradi”, deyiladi Otabek Umarov sahifasida.

Shuningdek, Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti Durovning mamlakatga tashrifi yorqin taassurotlarga boy tarzda oʻtganidan umidvorligini bildirdi.

“Biz uchun Pavel va uning yaqinlarini mehmondoʻst Oʻzbekiston zaminida qabul qilish haqiqiy sharafga aylandi. Ularning barchasi yuksak darajadagi oʻz ishining ustalari boʻlibgina qolmay, balki dunyoga qalbi ochiq boʻlgan ajoyib insonlar ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilish benihoya yoqimli hissiyotdir. Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik yechimlarni yaratishga ilhom beradi. Bunga juda oz fursat qolganiga ishonaman”, deydi u.