«Chorsu» bozori hududida yongʻin sodir boʻldi

«Chorsu» bozori hududida yongʻin sodir boʻldi

28.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi «Chorsu» bozorida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

9212acbc681b7e2b61c60664e5dc49c40628

Foto: xs.uz

Bildirilishicha, bugun, 28-iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy koʻchasida joylashgan «Chorsu» bozor hududidagi savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:22 da qurshab olingan va 02:47da toʻliq bartaraf etilgan.

«Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan», deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan. Vazir va tegishli tashkilotlar rahbarlari oʻrganish ishlarini olib bormoqda.