Oʻzbekistonda jazirama sabab poyezdlar tezligi cheklanmoqda

Oʻzbekistonda jazirama sabab poyezdlar tezligi cheklanmoqda

28.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

Oʻzbekistonda yoz jaziramasi sabab poyezdlarning harakatlanish tezligiga cheklovlar oʻrnatilmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Afrosiyob

Bildirilishicha, harorat koʻtarilishi natijasida yer usti temir yoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻladi. Shu bois, yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi.

“Natijada poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin. Harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlarda esa sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.