Sirdayo viloyati Guliston shahri “Bog‘ishamol” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tezkor murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, mazkur ob’yektda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida noma’lum zaharlanish holati kuzatilgani haqida xabar berilgan.
Viloyat suv ta’minoti korxonasi mas’ullari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli huquq-tartibot idoralari masullaridan tashkil etilgan tezkor guruh o‘rganishlari natijasida hozirda xodim H.I. vafot etgani, qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ma'lum qilindi.
Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. "O‘zsuvta’minot" AJ jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi deyiladi aksiyadorlik jamiyati xabarida.