BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi

BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi

29.06.2024 00:00 O'zbekiston 7

29-iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi. U Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti Nyu-Yorkdagi brifingga tayanib xabar berdi. 

Qayd etilishicha, har bir davlatda BMT Bosh kotibi davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi. Safarning ilk manzili Oʻzbekiston boʻladi.

Guterrish 4-iyulda Ostonada boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.