Kattaqo‘rg‘onda bir paytni o‘zida 17 nafar masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan 57 800000 so‘m miqdorida maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tumanida olib borilgan kuzatuv nazorat tadbirlari davomida tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan kuz va bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘orish va agrotexnik tadbirlarini olib bormaganligi oqibatida bir necha hududlarda daraxt va butasimonlarni qurib qolganligi aniqlangan.
Shu boisdan eʼtiborsizligi va daraxtlarni suvsizlik hamda kasallanishiga qarshi o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni olib bormaganligi sababli bir paytni o‘zida tumandagi 17 nafar masʼul mansabdor shaxslarga MJtKning 79-moddasi 3-qismiga binoan 57 800000 so‘m miqdorida maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, tegishli hujjatlar tuman Prokuraturasiga taqdim etilgan.