O‘mon O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo'lib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda O'monning O‘zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.
Foto: "Dunyo" AA
Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan ko'proq vaqt mobaynida bo'lishni istagan o‘zbekistonliklar O‘monga kirish paytida aeroportning o'zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, 2021-yil 1-martdan boshlab O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 26-27-iyun kunlari O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov tashrif bilan O'monda bo'ldi.