Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi

Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi

02.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

Shu kunlarda Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi. Mahalliy korxonalar rahbarlari, tadbirkorlardan iborat guruh Xitoyning yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

3017d163618e79206c1441a6b6c54bb80702

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, Shandong provinsiyasi Tianjin shahrida Tianjin Xinyu House Intellegent Manufacturing Co., Ltd rahbarlari bilan muloqot ham samarali kechgan.

Kompaniyaga 1974-yilda asos solingan boʻlib, 2018-yilda yuqori texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan yirik subyektga aylandi. Bu yerda internet tizimi orqali loyihalash, qurilish, koʻchmas mulkni xarid qilish va sotish kabi xizmatlar yagona platformasi yaratilgan. Platformaga 5500 dan ortiq quruvchi, 1200 dan ziyod arxitektura xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalar qamrab olingan.

Uchrashuv davomida aholiga qulaylik yaratish uchun uy-joy va koʻchmas mulk sohasida xizmatlarni raqamlashtirish, elektron dasturlarni soddalashtirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi. Bu borada bir qator kelishuvlarga erishildi.

Maʼlumot uchun, Namangan delegatsiyasi safarining dastlabki kunlarida Xitoy kompaniyalari bilan 200 million AQSH dollaridan koʻproq hajmda ikki tomonlama manfaatli shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Muzokaralar davom etmoqda.