Joriy yilning 29 iyun kuni, Farg‘ona viloyati IIB hamda Marg‘ilon shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2024” tadbirida, 1971 yilda tug‘ilgan, Tuyagum MFYda yashovchi A.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, mazkur fuqaro xonadonidagi ekin maydonida 13 tup marixuana giyohvand o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan
Shuningdek, A.K. 10 dona 3 litrli idishda 12 kg 537 gr ko‘knori boshoqlarini, 2 dona 3 litrli idishda 2 kg 570 gr marixuana moddasini, oq polietilen paketda esa, 41 gr gashish giyohvandlik moddasini hamda oq polietilen qopda 22 kg 550 gr ko‘knori somonini saqlab kelayotganligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Jami olingan giyohvand moddalar miqdori 37 kilogrammdan ziyodni tashkil qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.