Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

02.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Yevropa klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Ispaniyaning taniql Marca nashri xabar berdi.

1715801699_abbosbek-fajzullaev-olimpiada

Qayd etilishicha, ayni paytda klublar o‘rtasida muzokara ketmoqda. Qayd etish kerak, "Transfermarkt" portali Abbosbekning narxini 6 mln yevroga baholagan.

Fayzullayev joriy mavsum “SSKA” klubida barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda madyonga tushib, 5 ta gol va 14 ta assist muallifiga aylandi va Rossiya chempionatida “Mavsum kashfiyoti” sovriniga loyiq ko‘rildi.