Qozog‘istondagi o‘zbeklar etnomadaniyati markaziga o‘zbek tilidagi adabiyotlar topshirildi

Qozog‘istondagi o‘zbeklar etnomadaniyati markaziga o‘zbek tilidagi adabiyotlar topshirildi

02.07.2024 00:00 O'zbekiston 6

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog‘iston Respublikasi, Turkiston viloyati o‘zbeklar etnomadaniy markaziga o‘zbek tilidagi uch yuzga yaqin kitoblarni topshirdilar. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

1719904238614_43png

Foto: "Dunyo" AA

Qayd etilishicha, tadbirda Bosh konsulxona xodimlari va Turkiston viloyati o'zbeklari etnomadaniyati markazi rahbari Bahodir Irismetov, "Janubiy Qozog'iston" gazetasi bosh muharriri Rayimjan Alibayev  va markaz faollari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan ushbu kitoblar o‘zbek tili va madaniyatini targ'ib qilish qilish uchun Turkiston shahrida yangi qurilayotgan maktabga yetkaziladi. 

 Uchrashuvda, shuningdek, Etnomadaniyat markazi rahbariyati bilan o'zbek tili va madaniyatiga oid tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo'yicha yaqin istiqboldagi rejalar ham kelishib oldindi.