6 iyulda«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumiga start beriladi

6 iyulda«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumiga start beriladi

04.07.2024 00:00 O'zbekiston 6

65f14c2649ceb

foto:daryo.uz

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Bitta loyihaning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi. 

«Tashabbusli budjet» jarayonining 2024 yilgi II mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda:

  • Loyihalar kiritish: 6 − 26 iyul;

  • Loyihalarni saralash: 26 iyul – 15 avgust;

  • Targ‘ibot qilish: 15 avgust – 22 avgust;

  • Ovoz berish: 22 avgust – 1 sentabr sanalari davomida o‘tkaziladi.

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mni tashkil etadi.