O‘zbekistonda xorijiy davlat siyosiy partiyalari faoliyati taqiqlandi

O‘zbekistonda xorijiy davlat siyosiy partiyalari faoliyati taqiqlandi

06.07.2024 00:00 O'zbekiston 6

a3689cf90d648902a3e72d33988b366d.6a856ca6cd9ae14d34cf1b572b5935db

runews.ru

O‘zbekistonda xorijiy davlat siyosiy partiyalarini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Prezident 2-iyul kuni imzolagan qonun bilan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga bu borada tegishli qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida xorijiy davlatning siyosiy partiyalari, ularning bo‘linmalarini tashkil etish va faoliyat olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunga siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmini ko‘paytirishni, shuningdek, Qonunchilik palatasiga oxirgi saylov natijalariga asosan davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladigan siyosiy partiyalar o‘rtasida ushbu mablag‘larning taqsimlash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi bandlar kiritilmoqda.

Endilikda siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘larni ajratish mo‘ljallanayotgan yildan oldingi yilning 1-sentyabridagi holatga ko‘ra belgilangan BHMning 2,5 foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi miqdorida shakllantiriladi. Amalda bu miqdor 2 foiz edi.

Byudjetdan ajratilgan pulni Adliya vazirligi quyidagi tartibda taqsimlaydi:

  • 40 foizi siyosiy partiyalar o‘rtasida teng miqdorda;

  • 60 foizi siyosiy partiyalar o‘rtasida Qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlariga mutanosib ravishda.

Qonunchilik palatasi deputatlarining soni o‘zgarsa davlat mablag‘lari qayta taqsimlanmaydi.