Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi

11.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

6aef2ca7-f9b9-3d86-456e-2775ad586c6b_lists_slider_7387

Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.