foto:videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklardan biri qulagan holat tasvirlangan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda.
Maʼlum qilinishicha, 14-iyul kuni soat 15:15 da Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlarini bog‘lab turuvchi “Oqbo‘yra soy” ustiga qurilgan ko‘prik qulab tushgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga Andijon viloyati FVB rahbariyati, tuman hokimlik vakillari va Andijon viloyati FVB Qutqaruvchilari yetib borgan.
Hozirda “Oqbo‘yra soy” suv oqimi o‘z yo‘lida harakatlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolarning tan jarohati yoki halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi maʼlumot kelib tushmagan.