foto:repost.uz
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 % ga oshgan.
2024-yilning 6 oyida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Qirg‘iz Respublikasi – 1 057,4 ming nafar;
Tojikiston – 1 046,2 ming nafar;
Qozog‘iston – 668,4 ming nafar;
Rossiya – 364,5 ming nafar;
Turkmaniston – 67,2 ming nafar;
Turkiya – 51,9 ming nafar;
Xitoy – 28,7 ming nafar;
Hindiston – 28,2 ming nafar;
Janubiy Koreya – 19,6 ming nafar;
Italiya – 17,7 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 181 ming nafar.