Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tominidan UzAutoMotors oʻtkazgan davlat xaridida qonun buzilishi holati aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tominidan UzAutoMotors oʻtkazgan davlat xaridida qonun buzilishi holati aniqlandi

16.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi UzAutoMotors oʻtkazgan 1,3 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonun buzilish holatini aniqladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb saytida xabar qilindi.

eb4f1d2ec76ce0ab5f0c2b2bc56661f20716

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda UzAutoMotors tomonidan 8-iyul kuni oʻtkazilgan 1,3 mlrd soʻmlik davlat xaridida affillangan shaxslar ishtirok etib, gʻolib boʻlganligi yuzasidan xabarlar eʼlon qilingan.

Keltirilgan holatlar yuzasidan agentlik tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda ushbu xarid jarayonida ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining rahbar va taʼsischilari yaqin qarindosh ekanligi, shu bois mazkur jamiyatlar affillangan shaxslar hisoblanishi maʼlum boʻlgan.

Xarid komissiyasi tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunning bir qator talablari buzilganligi sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritildi.

Oʻrganish jarayonida toʻplangan hujjatlar aybdor shaxslarga qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi, deyiladi xabarda.