“Oʻzgidromet” tomonidan 16—19-iyul kunlarida kutilyatogan ob-havo prognozlari e'lon qilindi.
Unga koʻra, seshanba kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, bugun kunduzi Xorazm, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 36-39 darajagacha boʻladi.
Soʻngra ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim togʻoldi hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Havo harorati faqat 2-3 darajaga koʻtariladi va 34-37 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 38-40 darajagacha boʻladi.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, 15—16-iyulda ayrim joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda seshanba kuni asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, 16-iyulda ertalab shahar boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 17—19-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat 16-iyulda 32-35 daraja, 17—19-iyulda 35-37 daraja boʻladi.