Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro turnirda g‘alaba qozondi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro turnirda g‘alaba qozondi

16.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Lanjou shahrida o‘tkazilgan «CFA International Womenʼs Futsal Tournament Lanzhou 2024» xalqaro turniri g‘olibiga aylandi.

photo_2024-07-14_11-16-44

Terma jamoamizning musobaqaning dastlabki turida Eron termasini 7:5 hisobida mag'lbuyitaga uchratishgan edi. Ikkinchi o‘yinda musobaqa mezboni Xitoy terma jamoasiga qarshi harakat qilgan futzlachi qizlarimiz 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. So‘nggi hal qiluvchi bahsda esa O‘zbekiston terma jamoasi Vyetnam bilan 5:5 hisobida durang qayd etdi.

photo_2024-07-14_11-18-51

Shu tariqa 7 ochko jamg‘argan vakillarimiz muddatidan avval birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onani 5 ochko to‘plagan vyetnamlik futzalchilar band etishgan bo‘lsa, Xitoy 3 o‘rin, Eron esa 4 pog‘onadan joy oldi.