Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi rejalashtirilmoqda

16.07.2024 00:00 O'zbekiston 6

2d46d8df2c95ed3e15f120b12fd98fae_l

Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil sentyabr oyida AQSHga tashrifi chogʻida taʼlim sohasi boʻyicha ham kelishuvlarga erishilgan edi. Shunga muvofiq, Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.

Uning faoliyati 2024/25 oʻquv yilidan boshlanadi. Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi.

Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.