Bosh vazir 11 ta tuman va shahar hokimlarini ishdan olish taklifi ni kiritdi

Bosh vazir 11 ta tuman va shahar hokimlarini ishdan olish taklifi ni kiritdi

17.07.2024 00:00 O'zbekiston 6

photo_2024-07-16_10-36-39

Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Yutuqlarimiz haqida ko‘p gapirish mumkin. Dunyodagi og‘ir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida aniq natijalarga erishyapmiz. Buni Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham eʼtirof etyapti, dedi davlat rahbari.

Bunga munosib hissa qo‘shayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.

Shu bilan birga, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rish, Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlandi.