Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Buxoro viloyatidagi ikkita energetika loyihasi- “Bosh” va “Jonkeldi” shamol elektr stansiyalaridagi 35% ulushini Xitoyning China Southern Power Grid International (HK) Co. Ltd kompaniyasiga sotgan. Tijorat bitimini imzolashda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham qatnashgan.
Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bitim qiymati qariyb 159 mln dollarni tashkil qilgan. Saudiya kompaniyasi endilikda loyihada 65%lik ulushga egalik qiladi.
ACWA Power oldinroq Bosh va Jonkeldi shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 174 mln dollarlik, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va hamkorlaridan 520 mln dollarlik kredit jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan edi.
Quvvati 1 GVt bo‘lgan Bosh va Jonkeldi shamol elektr stansiyalarining umumiy qiymati 1,3 mlrd dollarni tashkil qiladi.