Farrux Zokirovga Ozarbayjon «Xalq artisti» faxriy unvoni berildi

Farrux Zokirovga Ozarbayjon «Xalq artisti» faxriy unvoni berildi

22.07.2024 00:00 O'zbekiston 4

Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan «Xalq artisti» faxriy unvoni berildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Farrux Zokirovga «Xalq artisti» faxriy unvoni berilgan.

Maʼlumot uchun, 78 yoshli Farrux Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 ta – Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.