“Nexia-3” bilan toʻqnashgan “Damas” halokatga uchradi

“Nexia-3” bilan toʻqnashgan “Damas” halokatga uchradi

24.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Damas” avtomobili “Nexia-3” avtomashinasi bilan toʻqnashdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

ca34e60dc12eb276bffb00d8c472d3020724 (1)

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23-iyul kuni soat 11:00 atrofida tumanning Nilu MFY hududidan oʻtgan 4R107 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. 37 yoshli “Damas” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan “Nexia-3” mashinasiga urilgan.

Soʻngra “Damas” jarlikka tushib ketib, agʻdarilgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida uning 17 yoshli yoʻlovchisi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.