“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovi jadvali oʻzgartirilishi mumkin

“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovi jadvali oʻzgartirilishi mumkin

24.07.2024 00:00 O'zbekiston 6

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2024-05-21_11-32-48

Qayd etilishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

“Afrosiyob” elektropoyezdlari ertalabki qatnovi vaqtini 1 soat oldinga surish taklif qilinmoqda.

Jumladan:

- Toshkent – Qarshi yoʻnalishida poyezdning amaldagi joʻnash vaqti soat 7:24, taklif qilinayotgan vaqt – 6:24;

- Toshkent – Samarqand, amaldagi joʻnash vaqti 7:47, taklif qilinayotgan vaqt – 6:47;

- Toshkent – Buxoro, amaldagi joʻnash vaqti 8:23, taklif qilinayotgan vaqt – 7:23;

- Toshkent – Buxoro, amaldagi joʻnash vaqti 8:50, taklif qilinayotgan vaqt – 7:50.