O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi Parijga keldi

O‘zbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi Parijga keldi

24.07.2024 00:00 O'zbekiston 6

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodir Ganiyev Fransiya poytaxtiga keldi.

1721745658037_1png

Foto: Dunyo AA

Yangi elchi shu kunga qadar dastlab O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili, 2023 yil oktyabr oyidan e'tiboran esa birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Stokgolmdagi diplomatik vakolatxona 2022-yilda ochilgan va O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo'lgan edi.

Nodir Ganiyev 52 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvetsiyaga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Nodir Ganiyev Parijda 2018-2023-yillarda O'zbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan va Hindistondagi elchi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev o'rniga tayinlandi.