Xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati eʼlon qilindi

Xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati eʼlon qilindi

25.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 26-iyul kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, dollarning rasmiy kursi 8,96 soʻmga koʻtarildi va 12 634,00 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi 23,61 soʻmga oshib, 13 710,42 soʻm etib belgilandi.

Rossiya rubli 2, 51 soʻmga koʻtarilib, 148,62 soʻmni tashkil qildi.