Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti oliygohga tayanib xabar berdi.
Yangi narxlarga koʻra, kontrakt-toʻlovlari:
- 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming soʻm, stipendiyali – 35 million 642 ming soʻm;
- 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming soʻm, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming soʻm etib belgilangan;
- Magistratura esa 27 million 216 ming soʻm deb belgilangan.
Oliygoh matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, JIDUda 3-yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023/2024-yillarda stipendiyasiz oʻqish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18 million soʻm, magistratura uchun – 21 million soʻm etib belgilangan.