“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini oʻzgartirishni taklif qilmoqda. Bu haqda mazkur AJ axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Amaldagi jadval (ertalab joʻnash vaqti):
- Toshkent — Qarshi: 7:24.
- Toshkent — Samarqand: 7:47.
- Toshkent — Buxoro: 8:23.
- Toshkent — Buxoro: 8:50.
Taklif etilayotgan jadval (ertalab joʻnash vaqti):
- Toshkent — Qarshi: 6:24.
- Toshkent — Samarqand: 6:47.
- Toshkent — Buxoro: 7:23.
- Toshkent — Buxoro: 7:50.
Yoʻlovchilar mazkur oʻzgartirish boʻyicha ushbu havola orqali oʻz munosabatlarini bildirishi mumkin.