O‘zbekiston Tatariston bilan elektropoyezd va metro vagonlari ishlab chiqarishni muhokama qildi

O‘zbekiston Tatariston bilan elektropoyezd va metro vagonlari ishlab chiqarishni muhokama qildi

31.07.2024 00:00 O'zbekiston 5

1470_1722259564-YFXDee1K

foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Tatariston bilan hamkorlikda elektropoyezdlar, yo‘lovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish masalasini muhokama qildi

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ilhom Mahkamov Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

“Uchrashuvda transport mashinasozligini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Xususan, o‘zaro hamkorlikda elektropoyezdlar, yo‘lovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur lokalizatsiya qilish bilan bog‘liq jihatlar ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.