Joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Sovrindorlar:
Daler Rahimov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o'quvchisi - Oltin medal;
Axror Baxodirov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o'quvchisi - Kumush medal;
Saida Abdullayeva – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o'quvchisi - Kumush medal;
Mirjahon Muxammadov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o'quvchisi - Bronza medal.
Shuningdek, 26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallari qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat bo'lib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
Oltin- Ozodbek Axtamov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
Oltin - Asadbek Boboqulov — Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
Kumush - Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
Bronza- Rasulbek G‘affarov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
Kichik yoshlilar jamoasida (Key Stage II):
Oltin - Dildora Mahkamova — Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
Kumush - Baxtiyor Ostonov — Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
Bronza - Mehmonbek Amonov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Bronza - Azizbek Mamajanov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va quyidagicha taqdirlandi:
Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
Kumush - Asadbek Aslonov — Navoiy shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11 sinf o'quvchisi;
Bronza - Davronbek Diyorov — Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumani 48-maktabning 9-sinf o'quvchisi;
Bronza - Muhammadali Rasulov — Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Bronza - Abdulaziz Radjabov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi;
Bronza - Zufar Norkulov — Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani, 45-maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Kichik yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage II):
Kumush - Kamronbek Kamolov — Buxoro shahar, 35-IDUMning 6-sinf o'quvchisi
Bronza - Muhammad Olimboyev — Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi;
Bronza - Abbos Sattorov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi;
Bronza - Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi;
Bronza - Muhammadshoh Mardonov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi.