Din ishlari boʻyicha qoʻmitada 30-iyul kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida tadbir oʻtkazilib, unda tashkiliy masala ham koʻrib chiqilgan. Bu haqda qoʻmita axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan Dilbar Gʻulomovani boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi hamda Matluba Qahhorovani Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisidagi prezident qarori oʻqib eshittirilgan.
Dilbar Gʻulomova 2019-yilda Din ishlari boʻyicha qoʻmitada yangi ochilgan xotin-qizlar bilan ishlash yoʻnalishiga rahbar etib tayinlanib, qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimida ish boshlagan edi.