Oʻzbekistonda 5 kun davomida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar qabul qilinmaydi

Oʻzbekistonda 5 kun davomida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar qabul qilinmaydi

31.07.2024 00:00 O'zbekiston 4

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yangi «HET BILLING» dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-iyul soat 23:50dan 5-avgust soat 22:00gacha Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi. Bu haqda jamiyat axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur vaqt oraligʻida elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olishda texnik uzilishlar boʻlishi mumkin.

«Shu bilan birga isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor isteʼmolchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib oʻtamiz», deyiladi xabarda.