Dzyudo: Oʻzbekiston Kanadani magʻlub etdi. Keyingi raqib Italiya

Dzyudo: Oʻzbekiston Kanadani magʻlub etdi. Keyingi raqib Italiya

03.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

Dzyudochilarimiz bugun aralash jamoaviy dasturda oʻz ishtiroklarini boshlashdi. Qurʼaga koʻra, hamyurtlarimiz 1/8 finalda Kanadaga qarshi bahs olib borishdi va 4:0 hisobida yaqqol ustunlik bilan gʻalaba qozondi.

Dastlab, Shukurjon Aminova “Parij-2024” gʻolibi Krista Deguchini uchta shido evaziga magʻlub etdi. Soʻngra, -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Murodjon Yoʻldoshev Artur Marjelidonni ippon bilan taslim etdi.

Olimpiadadagi omadsizligiga qaramay -70 kg vazn toifasidagi sportchi qizimiz Gulnoza Matniyazova Katerin Boshnen-Pinarni ippon bilan yutdi. 90 kggacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi bahsda jahon chempioni Davlat Bobonov bitta vaza-ari evaziga Fransua Gote-Drapoga imkon qoldirmadi.

Quvonarlisi shundaki, Irisxon Qurbonboyeva va Olimpiada bronza medali sohibi Alisher Yusupov tatamiga chiqishiga hojat qolmadi.

Qayd etish kerakki, endi hamyurtlarimiz yarim final yoʻllanmasi uchun Italiyaga qarshi bellashishadi.