Andijon viloyati Xonobod shahrida shu yilning 29-30-31-iyul kunlari “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali bo'lib o'tdi.
Umumiy hisobda festivalga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
1) Xalqaro festival davomida Xonobod shahriga mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2,5 barobarga (2 mln nafar) ortdi.
2) Tadbirkorlik subyektlarida tushum keskin ortdi. Jumladan, 2024-yilning 7 oyi davomida tushum 48 milliard so‘mni tashkil qilib, (shundan 29-30-31-iyul kunlari 8,5 milliard so‘mga yetgan) o‘tgan yilning mos davrida nisbatan 2 barobarga ortdi. Bu ko‘rsatkichlar Xonobod shahridagi tadbirkorlik subyektlarining va aholinnig daromadi oshganligini ko‘rsatmoqda.
3) Savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni o‘tgan 2023-yilda 48 tani tashkil etgan edi. 2024-yildagi xalqaro tadbir davomida doimiy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik faoliyatlari soni 230 taga ko‘payib, qariyb 5 barobarga ortdi.
4) Mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi dala hovli va uy mexmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani tashkil qilgan bo‘lsa 2024 yilda bu raqam 6 mingdan ortdi.
5) Ayniqsa, aholi daromadlarini oshirish, ish bilan taʼminlash va kam daromadli fuqarollarning daromadini oshirishda “Sayxunobod”, “Uychi” tajribasi asosida 600 dan ortiq xonodonlarda uy-mexmonxonalar tashkil etildi.