Poyezd yoʻliga chiqqan “Lacetti”ni urib ketdi

Poyezd yoʻliga chiqqan “Lacetti”ni urib ketdi

07.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

Surxondaryo viloyatida poyezd yoʻliga chiqqan “Lacetti” rusumli avtomashinani urib yubordi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.

a1ed4572738d373ed7bca0a04e5014e10806

Qayd etilishicha, 2024 yil 06 avgust kuni soat 12:40 larda Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani “Joziba” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1591 avtomobil yo‘lning 0 kilometrida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi "Lasetti" rusumli avtomobilda  “Qumqo‘rg‘on-Elbayon” temir yo‘l bekati oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida o‘rnatilgan ogohlantiruvchi svetoforning ta’qiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan vaqtida, shu yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Sariosiyo-Termiz” yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan. Natijada haydovchi olgan tan jaroxatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.