Toshkentda oʻsmir 5-qavatdan tushib ketib, vafot etdi

Toshkentda oʻsmir 5-qavatdan tushib ketib, vafot etdi

07.08.2024 00:00 O'zbekiston 20

Toshkentda 15 yoshli oʻsmir yashash xonadonining derazasidan tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” nashri veb sayti Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib maʼlum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 4-avgust kuni Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 2009-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan X. S. yashash xonadonining 5-qavat derazasidan oʻz ehtiyotsizligi oqibatida yerga tushib ketgan. U tez yordam mashinasida RShTYIMga olib kelingan va tibbiy yordam koʻrsatilgan. Ammo muolajalarga qaramasdan oʻsmir vafot etgan.

f82a02be9b95252c2eb9009ff73fb2490806

Foto: Xs.uz

Marhum 2-guruh nogironi boʻlganligi, shuningdek, aqli zaifligi sababli ruhiy asab kasallar dispanserida roʻyxatda turganligi maʼlum boʻlgan.