O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishdi

09.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

1FqgIQ17231166678854_l

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari videoaloqa orqali Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini ochib berdi.

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochib berdi.

EfdRpN17231166677042_l

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Ikki mamlakat yetakchilari “Sian-Xorg‘os-Olmaota-Sariyog‘och-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bag‘ishlangan marosimda ham qatnashdi.

FBU58N17231166675122_l

Yuk poyezdi Sian shahridagi Qozog‘iston-Xitoy terminalidan “Xorg‘os” quruq portiga yo‘l olgan. U yerda konteynerlar qayta ortilgan va Qozog‘iston temir yo‘llari bo‘ylab “Sariyog‘och” stansiyasi orqali so‘nggi manzilga — “Toshkent” stansiyasiga jo‘natilgan.

Ushbu yo‘nalish yuk tashish vaqtini qisqartirib, savdo hajmini oshirishga kuchli turtki beradi, deyiladi xabarda.