Havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi. Bugungi ob-havo prognozini e'lon qildi

Havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi. Bugungi ob-havo prognozini e'lon qildi

12.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

“Oʻzgidromet” agentligi 12-avgust, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 34-36 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.