Siyosiy partiyalar imzo yig‘ib bo‘ldi

Siyosiy partiyalar imzo yig‘ib bo‘ldi

17.08.2024 00:00 O'zbekiston 6

PpwdUmhFTxSyDpyUIP5zB7NVpU8GMczc

O‘zbekistonda deputatlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchilar imzolarini to‘plash jarayoni yakunlandi. Siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati 17 avgust hisoblanadi.

2024 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. 

Saylov kodeksining 68-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiya saylovda o‘z ishtirokini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 40 ming vakilning imzosini to‘plagan taqdirda deputatlikka nomzod ko‘rsatishi mumkin.

Markaziy saylov komissiyasining 26 iyuldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan saylovlarni o‘tkazish kalendar rejasiga muvofiq, siyosiy partiyalar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati 17 avgust hisoblanadi.

“Imzo to‘plashda besh partiya – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi ishtirok etdi.

Parlament saylovida ishtirok etish uchun imzo to‘plash saylov jarayonining muhim bosqichi bo‘lib, keng jamoatchilik orasida siyosiy partiyani real qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon siyosiy partiyalarni fuqarolar bilan faol muloqot qilishga, saylovoldi dasturini shakllantirishda yaqindan fikr almashishga undaydi.