«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumiga start berildi

«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumiga start berildi

22.08.2024 00:00 O'zbekiston 7

open budjet

Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Tashabbusli budjyet»ning 2024 yilgi 2-mavsumi 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etishini ma’lum qildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Tashabbusli budjyet»ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

➖ «Ochiq budjyet» portalining veb-sahifasi;

➖ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);

➖ Telegram’ dagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.

O‘zbekistonda 13 martdan «Tashabbusli budjyet»ga ovoz berish jarayoni boshlanishi belgilangandi. Biroq ovoz berish uchun zarur platforma — OpenBudjet portalida texnik nosozlik kuzatilgani bois 16 martda qaytadan boshlangan edi.

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjyetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.