Toshkentdan Rossiya poytaxtiga poyezd qatnovlari qayta tiklandi

Toshkentdan Rossiya poytaxtiga poyezd qatnovlari qayta tiklandi

23.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

Toshkent—Moskva—Toshkent yoʻnalishida qatnovlar yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

57_1576168289

Qayd etilishicha, 2024-yilning 24-sentyabr sanasidan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu yoʻnalishda qatnovlar qoʻyildi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha:

505-sonli Toshkent—Moskva yoʻnalishi

  • 24-sentyabr;
  • 2-oktyabr;
  • 10-oktyabr;
  • 26-oktyabr;
  • 2-noyabr;
  • 18-noyabr;
  • 26-noyabr;
  • 4-dekabr;
  • 12-dekabr;

Toshkent 19:55 — Moskva 23:12

506-sonli “Moskva — Toshkent” yoʻnalishi

  • 28-sentyabr;
  • 6-oktyabr;
  • 14-oktyabr;
  • 30-oktyabr;
  • 6-noyabr;
  • 22-noyabr;
  • 30-noyabr;
  • 8-dekabr;

Moskva 5:40 — Toshkent 8:23

Shuningdek, mazkur yoʻnalishga yoʻlovchilar chiptalarni chegirma asosida xarid qilishlari mumkin. Yaʼni reys sanasidan qancha koʻp kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq boʻladi. Chegirma foizi va narxlari bilan yuqoridagi jadvalda tanishish mumkin.