O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan joriy yilning oʻtgan yetti oyida Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish koʻrsatkichlari e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu davrda respublikamizda jami 47,8 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt•soat yoki 4,7 foiz ko‘p demakdir.
Shuningdek, respublika iste’molchilariga shu vaqt mobaynida 39,8 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Mazkur ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 629,6 mln kVt•soat yoki 1,6 foiz ko‘p ekani ma'lum qilindi.