Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti: Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda

Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti: Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda

27.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

f5c005c4a088420d4d733f53671be426

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Gеrmаniуаning уеr tadqiqotlari ilmiy markazi (GFZ-Potsdam) bilan Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi CAWa-Green loyihasi doirasida О’rtа Osiyo tog’li hududlaridagi qоr va muzlarning monitoringini olib borish va gidrologik jarayonlarni modellashtirish maqsadida hamkorlik memorandumi doirasida hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan Germaniyaning Federаl Ta’lim vа tadqiqot vazirligi (BMBF) hamkorligidagi “O’zbekistonda suv resurslariga iqlim ta’sirini baholash, qishloq xo’jaligi vа gidroenergetika sohasiga ta’siгi (CLIMWATER)” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining g‘arbiy qismida joylashgan Paxtakor muzligini o‘rganish 2023-yilda yo’lga qo’yilgandi.

Paxtakor muzligi Oʻzbekistonning sharqiy qismida, Qirgʻiziston va Qozogʻiston chegaralariga juda yaqin joylashgan. Ekspeditsiyasining asosiy maqsadi Paxtakor muzligining massa balansini aniqlashdan iborat.

2023 yilda olib borilgan ekspeditsiyada quyidagi vazifalarni bajargandi:

Ablatsiya qoziqlarini burg’ulash: Muzning erishi va to’planishini kuzatish uchun muzliklarga ablyatsion qoziqlar burg’ulandi, bu esa massa balansini hisoblash uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

Avtomatik ob-havo stantsiyasi: Harorat, nisbiy namlik, atmosfera bosimi, yog’ingarchilik va shamol tezligi/yo’nalishi kabi meteorologik sharoitlarni doimiy ravishda kuzatib borish uchun avtomatik ob-havo stantsiyasi o’rnatildi.

Differentsial GPS o’lchovlari: GPS o’lchovlari kelgusi yillardagi muzlik konturlari va geografik xususiyatlaridagi o’zgarishlarini kuzatishga alohida e’tibor qaratib, kelajakda taqqoslash uchun asosiy ma’lumotlar to’plamini yaratish uchun to’plangan.

2024 yil 1-6 avgust kunlari ekspeditsiyaning 2-bosqichi amalga oshirildi. Joriy yildagi ekspeditsiya 2023-yildagidan farqli tomoni Toshkent shahridan Oygain qor ko’chki stansiyasi(QKS)ga qadar avtotransportda, Oygain QKS dan Paxtakor muzligiga qadar ekspeditsiya jamoasi tomonidan oyoqda bosib o’tildi. Yo’lning murakkabligi sababli tahminan 35 km masofa 2 sutkada bosib o’tildi.

Joriy yilda ham Ablatsiya qoziqlarini burg’ulash, Differentsial GPS o’lchovlari ishlari bajarilib, 1 yil davomida muzlikning Ablatsiya qismi yuzasi 3 metr erigani, muz tilining 20 metr chekingani aniqlandi. Meteorologik stansiyada 1 yil davomida kuzatilgan iqlimiy ma’lumotlar yuklab olindi, bu esa kelgusi tahlillar uchun juda muhim hisoblanadi.