“Oʻzbekneftgaz”ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

“Oʻzbekneftgaz”ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

29.08.2024 00:00 O'zbekiston 4

Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekneftgaz”ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Qoʻmita axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan davlat xaridlarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring oʻtkazilmoqda.

Olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan 2 ta jami 4,8 milliard soʻmga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik alomatlari aniqlangan.

“Yuqoridagilarga koʻra, “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Oʻzbekneftgaz” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi”, deyiladi xabarda.

Qayd qilinishicha, ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot beriladi.