Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan eʼlon qilingan taʼtil kunlarida jamoat avtobuslari qanday jadval asosida harakatlanishi maʼlum qilindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtobus saroylari tasarrufidagi avtobus yoʻnalishlarining faoliyati dam olish kunlari, yaʼni 31-avgust va 1, 2, 3-sentyabr kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.
Bundan tashqari, avvalroq “Toshshahartransxizmat” bayram kunlari Toshkent metrosining ish tartibi qanday boʻlishi haqida ham xabar bergandi.
Unga koʻra, 2024-yil 31-avgust va 1-sentyabr kunlarida metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida faoliyat olib boradi. 2 va 3-sentyabr kunlari esa, metro poyezdlari dam olish kunlari uchun moʻljallangan jadval asosida harakatlanadi.