Fargʻona shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yoʻlovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 29-avgust kuni soat 03:30 larda Fargʻona shahar Kirgili mavzesi hududidan oʻtgan 4R-140A “Fargʻona shahriga” avtomobil yoʻlining 8 km.da sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 2005-yilda tugʻilgan haydovchi T.A. “Spark” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosib yuborishi tufayli boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetida beton simyogʻochga urilib yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda “Spark” avtomobil yoʻlovchilari 2005-yilda tugʻilgan Q.M., 2005-yilda tugʻilgan Yu.A, 2004-yilda tugʻilgan E.Sh., va N.F. lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda boʻlgan ikki yoʻlovchi Q.M. va Yu.A.lar shifoxonada vafot etgan.